Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH: 9 OYLIK FAOLIYAT NATIJALARI MUHOKAMA QILINDI

Yig‘ilishda Bog‘ot tumanida 2026-yilning 9 oyi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda aholi o‘rtasida is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman hokimi J. Nazarovning hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Hisobot davrining asosiy ko‘rsatkichlari:

58 ta yong‘in — 2025-yilning mos davriga nisbatan 3 taga ko‘p.

464 ta obyekt yong‘in xavfsizligi talablari bo‘yicha o‘rganildi.

24 958 ta xonadon yong‘in xavfsizligi holati yuzasidan o‘rganildi.

54 ta amaliy mashg‘ulot o‘tkazilib, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan 513 ta jangovar chiqish amalga oshirildi.

1 106 ta profilaktik tadbir o‘tkazilib, ularda 30 643 nafar fuqaro ishtirok etdi.

O‘rganishlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr va gaz uskunalaridan to‘g‘ri foydalanish, isitish pechlari hamda mo‘rilarning sozligini ta’minlash bo‘yicha ayrim kamchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Komissiya qaroriga ko‘ra:

Tuman hokimining hisoboti dastlabki tarzda ko‘rib chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Mazkur masalani batafsil muhokama qilish va tegishli qaror qabul qilish uchun Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

Sessiyada deputat Sh. Matchanovning muzokarada so‘zga chiqishi hamda doimiy komissiya raisi S.Nurmetovning komissiya xulosasini o‘qib eshittirishi belgilandi.

Qaror ijrosini nazorat qilish doimiy komissiya raisi S.Nurmetov zimmasiga yuklatildi.

Xavfsizlik — har bir xonadon va har bir fuqaro uchun muhim!