SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 24-«Sag‘bon» saylov okrugi deputati Kamala Gulyamova tomonidan «X. Ko‘xakiy» mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
🗣 Muloqot davomida deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, saylovchilar manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi mavjud masalalarni hal etishga qaratilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi.
📋 Shuningdek, 24 ta tavsiyaviy savol asosida mahalla yettiligi vakillarining faoliyati ham o‘rganildi. Bunda mahallada aholi muammolarini aniqlash, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash hamda mavjud masalalarni hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
🤝 Ochiq muloqot saylovchilar bilan doimiy aloqani mustahkamlash, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!