Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Yoshlar zamonaviy kasblarga o‘rgatilmoqda

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining Yangi Chorsu saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajakda munosib ish o‘rinlarini egallashlari uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan tashabbus amalga oshirildi.

Deputat tashabbusi bilan Noib ko‘prigi mahalla fuqarolar yig‘ini binosida IT Park bilan hamkorlikda kompyuter dasturlash bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur kurs yoshlarning axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va raqamli ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Hozirgi kunda ushbu kursda Yangi Chorsu saylov okrugi tarkibidagi Noib ko‘prigi, Yangi Chorsu va Nonvoylik guzar mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirok etib, kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganmoqda. Mashg‘ulotlar davomida ular dasturlash sohasiga oid bilimlarni o‘zlashtirib, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Bugungi kunda axborot texnologiyalari va dasturlash sohasi yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu bois ularni zamonaviy kasblarga o‘rgatish, yangi bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratish va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bilan bir qatorda, ularning zamonaviy kasblarni egallashi, kelajakda bandligini ta’minlashi hamda IT sohasida o‘z salohiyatini namoyon etishi uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6