Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI

MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI VA AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND QATLAMLARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich o‘zi saylangan hududdagi “Qirg‘isovul” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati, xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
👌 Deputatlik nazorati doirasida mahalla ijtimoiy xodimi Serikbayeva Tozagul tomonidan olib borilayotgan ishlar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va boshqa ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi, ajratilayotgan yordamlarning maqsadli yo‘naltirilishi hamda aholining mavjud ehtiyojlarini aniqlash borasidagi faoliyat o‘rganildi.
📊 Mahalladagi kambag‘allik reyestrida jami 27 ta oila mavjud bo‘lib, shundan 6 ta oila davlat ta’minotidagi, 12 ta oila kambag‘allik chegarasidagi, 9 ta oila esa kambag‘al oilalar toifasiga kiradi. Mazkur oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlarini o‘z vaqtida aniqlash va turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish ijtimoiy xodim faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
👌 O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida ijtimoiy reyestrda turuvchi 22 ta oila oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangani ma’lum qilindi. Shuningdek, 22 nafar fuqaroga 500 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratilgan.
👌 Bundan tashqari, 2 nafar fuqaroga 15 million so‘mdan foizsiz kredit rasmiylashtirilgan. Bir nafar ehtiyojmand oilaga subsidiya asosida noutbuk olib berilgan, 6 ta oila bilan esa ijtimoiy shartnomalar tuzilgan.
🟢 Ijtimoiy himoyaning samaradorligi yordamning o‘z vaqtida, manzilli va fuqarolarning real ehtiyojlaridan kelib chiqib ko‘rsatilishi bilan belgilanadi. Shu bois, mahallada ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolariga individual yondashish muhim ahamiyatga ega.
➡️ O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim faoliyatining natijadorligi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligiga e’tibor qaratildi. Bunday deputatlik nazorati ishlari mahallada ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2