Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA

DIN SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI VA IJTIMOIY-MA’NAVIY MUHIT — DEPUTATLIK NAZORATIDA
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 15-“Beshkappa” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent viloyati Parkent tumani bosh mutaxassisi Turg‘unboyev Farxod bilan uchrashib, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib bordi.
📚 O‘rganish jarayonida qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta’minlash, diniy tashkilotlar faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartib asosida tashkil etish hamda ushbu yo‘nalishda mas’ul mutaxassis tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
❓ Qonun ijrosi yuzasidan deputat tomonidan quyidagi savollar berildi:
1️⃣ Tumanda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun talablarining bajarilishini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
2️⃣ Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqlarini ta’minlash, ularning diniy e’tiqodiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan qanday choralar ko‘rilmoqda?
3️⃣ Diniy tashkilotlar faoliyatining qonunchilik talablariga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek, aholi o‘rtasida diniy bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?
⏺ Berilgan savollar yuzasidan mas’ul mutaxassisning javoblari tinglanib, din sohasidagi qonunchilik ijrosi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
⏺ Shuningdek, jamiyatda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, millatlararo va konfessiyalararo bag‘rikenglikni asrash, turli diniy qarashlar vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmatni qaror toptirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishda qonun ustuvorligining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
🟢 Deputatlik nazorati doirasida qonunchilik ijrosini o‘rganish mas’ul tashkilotlar faoliyatining samaradorligini tahlil qilish, qonun talablarining amalda bajarilishiga e’tibor qaratish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
🫥 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan qonunchilik ijrosini o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholi manfaatlarini himoya qilish hamda tumanda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3