Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroga nonvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatilgan ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
Mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan Qo‘qon shahar, Achchiqko‘l ko‘chasi, 4-uyda joylashgan “Kafolat Qurilish Biznes” MCHJning elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorligi yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i O.Ergashev tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputatlik so‘rovi asosida elektr ta’minoti korxonasi tomonidan mazkur tadbirkorlik subyektining moliyaviy-hisob-kitob holati hamda qarzdorlik yuzaga kelish sabablari o‘rganib chiqildi.

Rasmiy javob xatida qayd etilishicha, 2026-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, “Kafolat Qurilish Biznes” MCHJning foydalanilgan elektr energiyasi uchun debitor qarzdorligi 13 017 411 so‘mni tashkil etgan. Ma’lum qilinishicha, qarzdorlik 2025-yil oktabr oyidan boshlab elektr energiyasi uchun to‘lovlar amalga oshirilmagani sababli shakllangan.

Shuningdek, javob xatida 2025-yil dekabr oyida balansdagi kuchlanish transformatori elektr tarmog‘idan ajratilgani va elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatilgani ko‘rsatilgan. Elektr hisoblagichning aktiv ko‘rsatkichi 2344,810 kVt/soatni tashkil etgani, transformator yo‘qotishlari hisoblanmagani hamda qarzdorlik amalda iste’mol qilingan elektr energiyasi va to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani uchun hisoblangan penya hisobiga shakllangani bildirilgan.

Shuningdek, taqdim etilgan javobda mazkur masala yuzasidan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi tushuntirilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi