Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroga nonvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatilgan ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
Mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallaning Orom ko‘chasidagi 51-uyda istiqomat qiluvchi, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro Z.Oripova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

️Ma’lum bo‘lishicha, xonadon homiylik asosida ta’mirlab berilgan. Bu esa oilaning yashash sharoitlarini yaxshilash va uy-joy bilan bog‘liq ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan yordamning muhim qismi hisoblanadi.

Shuningdek, oila “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan. Jumladan, vaucher asosida oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.

O‘rganish davomida oilaga ko‘rsatilgan yordam turlari bilan tanishilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash va mavjud ehtiyojlariga e’tibor qaratish muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4