XOTIN-QIZLAR FAOLI ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva Sayapir mahallasi xotin-qizlar faoli S. Jumaniyazovaning ish faoliyati samaradorligini o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash hamda bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaatlari bilan ishlash va mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida!