Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari

🌱 Yangi imkoniyatlar — barqaror daromad sari

“Xalqlar do‘stligi” MFYda olib borilayotgan o‘rganishlar davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich fuqaro R.T.ning xonadoniga tashrif buyurib, ish bilan ta’minlash va qo‘shimcha daromad olish imkoniyatlarini muhokama qildi.

🧵 Jumladan, fuqaroga tikuv sexi yoki issiqxonalarda ishlash taklif etildi. Shuningdek, mustaqil faoliyat boshlash istagi uchun yengillashtirilgan kredit yoki ssuda asosida ishlab chiqarish uskunalari va pishiriq tayyorlash pechini olish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

📌 Bunday uchrashuvlarda fuqarolarga mavjud bandlik imkoniyatlarini tushuntirish, ularning ehtiyojlarini aniqlash va daromad topish yo‘llarini ko‘rib chiqish muhim o‘rin tutadi.

🤝 Maqsad — har bir xonadon uchun munosib mehnat va daromad imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.