Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
⚽️ 9-sonli maktabda mini-futbol maydonchasi qurilishi o‘rganildi

 9-sonli maktabda mini-futbol maydonchasi qurilishi o‘rganildi

“Shamchiroq” MFY hududidagi 9-sonli maktabda o‘quvchilar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Turdiyev Anvar Xaytbayevich topshirig‘iga ko‘ra, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Yoshlar maslahat guruhi” va Ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda maktab hududida barpo etilayotgan gazon qoplamali mini-futbol maydonchasi qurilishi bilan tanishdi.

🔎 O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi va maydonchani belgilangan talablar asosida barpo etish masalalariga e’tibor qaratildi.

🏃‍♂️ Mazkur sport maydonchasi maktab o‘quvchilarining jismoniy faolligini oshirish, futbolga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.

📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar deputat va Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

Slide 1 of 3