Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

SAYLOVCHILAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-«Xisorak» saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Salimboyev Xasan Dilmurodovich saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli choralar ko‘rmoqda.
🟢 Jumladan, deputatning «Teman» MFY aholisi bilan uchrashuvi davomida mahallaning «Bayot», «Shaxak» va «Sarxouz» ko‘chalarida joylashgan eskirgan, chirishi oqibatida xavfli holatga kelib qolgan elektr simyog‘ochlarini yangilariga almashtirish masalasi ko‘tarildi.
⚠️ Mazkur masala elektr ta’minoti infratuzilmasining xavfsizligini ta’minlash, aholi hayoti va mol-mulkiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.
⚠️📄 Saylovchilar murojaati asosida deputat tomonidan Parkent tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i M.Mirxamidov nomiga 58-ds-485-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi. So‘rovda eskirgan elektr simyog‘ochlarini almashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamda ushbu ishlarning bajarilish muddatlari yuzasidan asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.
✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarga e’tibor qaratish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarning amaliy yechim topishiga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 2