Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroga nonvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatilgan ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
Mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi
“MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

“MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🗓 2026-yil 9-oktabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini 2026-yilda tumanda ta’minlash masalasi muhokama qilindi.

Yig‘ilishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratovaning axboroti tinglanib, deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etish borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi.
✅ Muhokamalar davomida mahallalardagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni tegishli dasturlarga kiritish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari ijrosini ta’minlash hamda aholi turmush sharoitini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Doimiy komissiya qarori bilan:
✅ F. Xolmuratovaning axboroti ma’qullanib, ma’lumot uchun qabul qilindi;
✅ Deputatlar tomonidan aniqlangan muammolarni tuman hokimligiga hamda Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun taqdim etish belgilandi;
✅ Deputatlar va tegishli mutasaddi tashkilotlarga mahalla bilan hamkorlikni mustahkamlash, hududiy dasturlar ijrosini ta’minlash va aholi muammolarini tezkor hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi;
✅ Mazkur masalani xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish belgilandi.
🗳 Qaror doimiy komissiya a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Doimiy komissiya raisi — Feruz Turayev rahbarligida o‘tkazilgan muhokama mahallalardagi muammolarni tizimli hal etish va deputatlar hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga qaratildi.