Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Oqava suv tizimlarini yangilash ishlari o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
4-son texnikumda ta’lim jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
19¹-modda
🏫 MAKTABLARDA TA’LIM SIFATI VA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILMOQDA


📋 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi qaroriga asosan Sherobod tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, obodonlashtirish ishlari, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda o‘quvchilar davomatining holatini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshladi.

👥 Ishchi guruhi tomonidan belgilangan vazifalar doirasida ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

🏫 O‘rganishlarning navbatdagi manzili 11-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Ishchi guruhi maktabga tashrif buyurib, ta’lim muassasasining umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🤝 Tashrif davomida maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifati va o‘quvchilarning davomatini ta’minlash, maktab hududini obodonlashtirish, mavjud moddiy-texnik bazadan samarali foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🔎 Shuningdek, maktabda qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davomida aniqlangan holatlar tahlil qilinib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 3