Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA OSOYISHTALIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati E. Qobulov tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati o‘rganildi. Jarayonda vaksinalarni saqlash sharoitlari, ularning hisobini yuritish hamda emlash tadbirlarini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida vaksinalarni belgilangan harorat rejimida saqlash, sovuq zanjir talablariga rioya etish, sovutkich uskunalarining holati va harorat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, shuningdek, vaksinalarning yaroqlilik muddatini kuzatib borish masalalari muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi.

Vaksinalarni to‘g‘ri saqlash va tashish ularning sifatini saqlab qolish hamda emlash tadbirlarining samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bois ushbu jarayonlarda sanitariya qoidalari va belgilangan talablarning bajarilishi doimiy nazoratni talab etadi.

O‘rganish doirasida mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, vaksinalarni saqlash bilan bog‘liq talablarning bajarilishini muntazam nazorat qilish, emlash tadbirlarini belgilangan tartibda tashkil etish hamda aholining profilaktik emlashlar haqidagi xabardorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Maqsad — aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va vaksinalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini amalga oshirish.

Slide 1 of 2