Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vakolatlari va ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganish maqsadi va vazifalari

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik darajasini maxsus savolnoma asosida har tomonlama o‘rganishdan iborat.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar hujjatlar va amaliy jarayonlar kesimida tahlil qilindi.

🏛 O‘rganish ishlarida ishtirok etgan mas’ullar

✅ Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining tasdiqlangan kunlik ish rejasiga muvofiq, 17-“Shakarqamish” saylov okrugidan saylangan deputat Tavasharov Xamro Ziyayevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Esanov tomonidan “Yakkatut” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📋 Amalga oshirilgan ishlar va natijalar

Tadbir davomida soha bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlar, “Xotin-qizlar daftari” bilan ishlash tartibi va mahalla xotin-qizlarining murojaatlarini hal etish mexanizmlari sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Maxsus savolnomaga asosan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Deputatlar tomonidan sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha doimiy va tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 1