Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan xonadonda o‘rganish olib borildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi Z.Shokirov tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni daromadli mehnatga jalb etish hamda o‘z biznesini boshlash istagidagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida mahallada fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 34 ta kredit ajratilgan, shuningdek, 3 ta ssuda va jami 43 million so‘mlik subsidiya taqdim etilgan.

Bundan tashqari, mahallada tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish va yangi daromad manbalarini yaratish maqsadida 12 ta jismoniy shaxs va 10 ta yuridik shaxs ishtirokida mikroloyihalar amalga oshirilgani qayd etildi.

Aholi bandligini ta’minlash yo‘nalishida ham muayyan natijalarga erishilgan. Jumladan, mahalladagi 71 nafar ishsiz fuqarodan 32 nafari ishga joylashtirilgan. Bu boradagi ishlar fuqarolarning doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishi va oilalar farovonligini oshirishga qaratilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3