Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
“Og‘ir” mahallalarda infratuzilma loyihalari o‘rganildi

 “Og‘ir” mahallalarda infratuzilma loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Altibayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori doirasida tumandagi “og‘ir” mahallalarda aholi yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar o‘rganilmoqda.

Mazkur qaror “og‘ir” mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi.

🔎 O‘rganish davomida Beshnayman MFYda quyidagi loyihalar rejalashtirilgani ko‘rib chiqildi:
🔹 1,5 km asfalt yo‘l yotqizish — 956 mln so‘m;
🔹 2 dona suv inshooti qurish — 600 mln so‘m;
🔹 2 km suv tarmog‘i tortish — 700 mln so‘m;
🔹 1 dona transformator punkti o‘rnatish — 75 mln so‘m;
🔹 3 km elektr tarmog‘i tortish — 319 mln so‘m;
🔹 1 km ariqlarni betonlashtirish — 120 mln so‘m;
🔹 2,5 km piyodalar yo‘lagi qurish — 250 mln so‘m;
🔹 mahalla binosini kapital ta’mirlash — 100 mln so‘m.
🏘 Esaboy MFYda esa:
🔹 3 dona transformator punkti o‘rnatish — 225 mln so‘m;
🔹 7 km elektr tarmog‘i tortish — 350 mln so‘m;
🔹 250 dona beton ustun o‘rnatish — 300 mln so‘m;
🔹 50 dona quyosh panelli tungi yoritish chirog‘i o‘rnatish — 30 mln so‘m;
🔹 50 dona temir ustun o‘rnatish — 50 mln so‘m;
🔹 6 km ichki yo‘llarni shag‘allashtirish — 180 mln so‘m;
🔹 2 dona suv inshooti qurish — 600 mln so‘m;
🔹 3 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish — 820 mln so‘m;
🔹 2 km hududni betonlashtirish — 200 mln so‘m;
🔹 mahalla binosini kapital ta’mirlash va quyosh panellari o‘rnatish — 245 mln so‘m.
📌 Deputat tomonidan mazkur loyihalarning manzilliligi, aholining real ehtiyojlariga mosligi hamda belgilangan ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🤝 Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi mahallalarda yo‘l, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yoritish va obodonlashtirish bilan bog‘liq infratuzilma sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 2