Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

 DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

Xalq deputatlari Uychi tumani Kengashi deputati tomonidan Yorkatay mahallasi A.Temur ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati o‘rganilib, aholini sog‘lom turmush tarziga jalb etish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Murojaatda A.Temur ko‘chasidagi mavjud ochiq maydonchadan samarali foydalanish, ushbu hududda zamonaviy sport maydonchasi tashkil etish hamda yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda amaliy va moddiy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Mazkur deputatlik so‘rovi tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganilib, fuqarolarning murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy hal etildi.

Natijada Yorkatay mahallasi A.Temur ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan amaliy ishlar amalga oshirildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarning deputatlik so‘rovlari orqali o‘rganilib, ularning amaliy yechim topayotgani aholining muammolarini joyida hal etishda deputatlik faoliyatining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatmoqda.

Slide 1 of 1