Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 19-“Saoqat” saylov okrugidan saylangan deputat I.Fayzullayev tomonidan “Sobir Abdulla” mahalla fuqarolar yig‘inida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Yangi dehqon ko‘chasi, 10-B-uyda yashovchi fuqaro Yo.Komilov xonadoniga tashrif buyurilib, unga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati bilan yaqindan tanishildi.

Muloqot davomida fuqaro son protezi bilan ta’minlangani, biroq hozirgi vaqtda undan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

️Mazkur holatni inobatga olgan holda, ijtimoiy xodimga Yo.Komilovni Farg‘ona shahridagi reabilitatsiya markaziga yuborish uchun yo‘llanma olish masalasini hal etish bo‘yicha tegishli topshiriq berildi.

Shuningdek, fuqaroga zarur reabilitatsiya yordamini ko‘rsatish, protezdan foydalanish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni bartaraf etish va uning kundalik hayotini yengillashtirish masalasi nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2