Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
Yoshlar uchun workout maydonchasi qurish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar yetakchisi faoliyati va qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Degrizlik” mahalla raisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikum sport zalida ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
5-sonli texnikumda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Oilaga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmat holati o‘rganildi
GIYOHVANDLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

GIYOHVANDLIKKA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ

Uychi tumanidagi 25-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-“A” sinfida “Kelajak soati” mashg‘uloti doirasida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir 23-Ezgu­lik saylov okrugi deputati M. Xolmirzayeva tomonidan Yoshlar masalalari guruhi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-207-son qarorining mazmun-mohiyati o‘quvchilarga tushuntirilib, “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusidagi videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, yoshlar ishtirokida giyohvandlik, uning inson salomatligi, ta’lim olishi, oilasi va kelajagiga salbiy ta’siri hamda bunday illatlarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan ochiq muloqot va tushuntirish suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida yoshlarni turli zararli odatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va foydali mashg‘ulotlarga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida o‘quvchilarga giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogoh bo‘lish, tengdoshlarini ham bunday illatlardan qaytarish hamda sog‘lom va farovon kelajak uchun mas’uliyat bilan harakat qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Bunday targ‘ibot va profilaktik tadbirlar kelgusida mahalla ko‘chalari, ta’lim muassasalari va yoshlar o‘rtasida muntazam davom ettiriladi.

📌 Maqsad — yoshlarni giyohvandlik kabi zararli illatlardan asrash, ularning huquqiy va ijtimoiy bilimlarini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Slide 1 of 1