Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Sadoqat” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 8-“Qo‘shchinor” saylov okrugidan saylangan deputati M.Axmedova Qo‘qon shahrida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuzilgan shtab tomonidan “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘iniga biriktirilganligi munosabati bilan mahallada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, “Sadoqat” mahalla fuqarolar yig‘ini, Birlik ko‘chasi, 52-B-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi I guruh nogironi M.Rasulova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti, ijtimoiy holati va mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mazkur manzilda yashovchi, ijtimoiy reyestrda turuvchi, turmushidan ajragan fuqaro N.Boymuratova xonadoniga ham tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti va mavjud muammolari o‘rganildi.

️Tashriflar davomida oila a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni aniqlash, bandligini ta’minlash va oilalarning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1