Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Dexkanov tomonidan fuqaro murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligidan rasmiy javob kelib tushdi.
Avvalroq Qo‘qon shahar “G‘ishtlimashjid” MFY, Zarbona ko‘chasi 39A-uyda yashovchi fuqaro G.Abdumahadovaning 2021-yil 15-iyulda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi Aliyeva Robiyaxonni maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish masalasida murojaati deputatlik so‘rovi asosida o‘rganilgan edi.
Mazkur murojaat shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda “Mahalla yettiligi” vakillari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilgan.
O‘rganish natijasida fuqaro G.Abdumahadovaning murojaati ijobiy hal etilib, uning voyaga yetmagan farzandi Aliyeva Robiya Qo‘qon shahridagi “G‘ishtlimashjid” MFY hududida joylashgan 46-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga (46-DMTT) joylashtirilganligi ma’lum qilindi.
Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala to‘liq va ijobiy hal etildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi