Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Olmazor tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi

#kotibiyat_faoliyati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Olmazor tumani Kengashi faoliyati yuzasidan amaliy-uslubiy muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri Davronbek Ravshanbekov, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh. Umarxodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Shopotixov ishtirokida Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

📝 Muloqot davomida deputatlar faoliyatini tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomini ta’minlash, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, deputatlik so‘rovlari ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlarning saylov okruglaridagi faoliyatini yanada kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

📋 Shuningdek, Kengash va doimiy komissiyalarning ish rejalarida belgilangan vazifalar ijrosi, sessiyalar kun tartibini sifatli shakllantirish, mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish hamda Kengash qarorlari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.

🔎 Deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha saylov okruglarida tizimli ish olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, deputatlarga biriktirilgan muhim qonunlar ijrosini nazorat qilish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va hududlarda aniqlangan muammolarning manzilli yechimiga erishish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🖥 Bundan tashqari, elektron ish yuritish tizimlaridan samarali foydalanish, deputatlik so‘rovlari va xizmat yozishmalarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda deputatlar faoliyati va uning amaliy natijalarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Yakunida Olmazor tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish va hududlardagi masalalarni samarali hal etish yuzasidan Davronbek Ravshanbekov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiyalar berildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4