Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Yovqochar mahallasida bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha holat o‘rganildi


Oliy Majlis Senati tomonidan 22-sentabr kuni o‘tkazilgan seminarda belgilangan vazifalar ijrosini hududlarda tizimli tashkil etish doirasida mahallalarda manzilli o‘rganishlar davom etmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati Z.G‘ofurova, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari Z.Yakubova va N.Akbarova tomonidan 10-Bobur saylov okrugi hududidagi “Yovqochar” mahallasida o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, doimiy daromad manbalarini yaratish, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Mahalladagi mavjud ijtimoiy holat, jumladan, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar va kambag‘al oilalar bilan ishlash jarayoni o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada Ijtimoiy reyestrda 93 nafar fuqaro mavjud bo‘lib, kambag‘al oilalar soni 55 tani tashkil etadi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va aholining ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash holati yuzasidan mahalla ijtimoiy xodimi M.Zokirova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan mavjud ko‘rsatkichlarni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmasdan, reyestrga kiritilgan fuqarolar va kambag‘al oilalarning har biri bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini aniqlash, bandligini ta’minlash hamda barqaror daromad manbalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va ularning ijrosini deputatlik nazorati orqali kuzatib borish zarurligi qayd etildi.

Mazkur o‘rganishlar Senat seminarida belgilangan vazifalarni mahallalar kesimida amaliyotga tatbiq etish, aholi bilan bevosita ishlash va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan ishlarning natijadorligini oshirishga qaratilgan.

Slide 1 of 5