Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
“O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDAGI MAYDONCHA MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI

#deputat_soʻrovi_javobi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI: “O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI” MAHALLASIDAGI MAYDONCHA MASALASI BO‘YICHA RASMIY JAVOB OLINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Fotima Mannopovaning Yunusobod tumani “O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidagi sport maydonchasini ta’mirlash yuzasidan yo‘llagan deputatlik so‘roviga Yunusobod tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📩 Avvalroq deputat Fotima Mannopova tomonidan mahalla yettiligi va aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan murojaatlar asosida hududdagi sport maydonchasining mavjud holatini o‘rganish, uni ta’mirlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish hamda yoshlar uchun munosib sport infratuzilmasini yaratish masalasi ko‘tarilgan edi.

🔎 Yunusobod tumani hokimligining rasmiy javobida deputatlik so‘rovi tuman hokimligi tomonidan o‘rganib chiqilgani ma’lum qilingan. Hujjatda murojaatning hududi sifatida “O‘zbekiston Mustaqilligi” MFY qayd etilgan.

📋 O‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-402-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bobi 11-bandiga muvofiq, bolalar maydonchasini mahalla jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etish maqsadga muvofiqligi bildirilgan.

🔺 Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan hududdagi maydoncha masalasi tuman hokimligi tomonidan ko‘rib chiqilib, uni tashkil etish uchun mahalla jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish imkoniyati ko‘rsatib o‘tilgan.

🌳 Mazkur tashabbus hududdagi bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mahalladagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.

🤝 “O‘zbekiston Mustaqilligi” mahallasidagi maydoncha masalasining amaliy ijrosi va fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan masalaning yakuniy yechim topishi deputat Fotima Mannopova tomonidan nazorat qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1