Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Oziq-ovqat xavfsizligi – xalq farovonligining muhim kafolati

Oziq-ovqat xavfsizligi – xalq farovonligining muhim kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 18-oktabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2025-yil 23-yanvarda ma’qullangan.

Mazkur Qonun aholini sifatli, xavfsiz va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda ushbu sohada davlat siyosatini samarali amalga oshirishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Qonunda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish jarayonlarida xavfsizlik talablariga rioya etish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash hamda favqulodda vaziyatlarda oziq-ovqat ta’minotining uzluksizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Sifatli oziq-ovqat – sog‘lom jamiyat, mustahkam kelajak va xalq farovonligining muhim omilidir.