Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov boshchiligida Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda olib borilayotgan amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, faollar, yoshlar ishtirokida o‘rganildi.

Bugun Boysun tumani hokimi B.Shukurov boshchiligida Mustaqillik mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, hududda olib borilayotgan amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari, mahalla yettiligi rahbarlari, faollar, yoshlar ishtirokida o‘rganildi.

☑️O‘rganish jarayonida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlik va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
☑️ Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tartibga keltirish, ko‘cha va yo‘laklarning tozaligi, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan tartibda chiqarish hamda atrof-muhitni ozoda saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
☑️ Aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

📈 Tadbir doirasida mahalla fuqarolari ishtirokida “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam sog‘lomlashtiruvchi yurish” marafoni, badantarbiya mashqlari ham tashkil etildi.

✅ Mazkur marafon, ertalabki badantarbiya mashqlari orqali aholining jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurish va muntazam harakatlanishning inson salomatligi uchun muhimligini keng targ‘ib etishga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5