Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonun – iqtisodiy barqarorlik kafolati

O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni 2021-yil 16-avgustda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 2021-yil 30-sentabrda Senat tomonidan ma’qullangan.

Mazkur qonun iqtisodiy faoliyat subyektlarining moliyaviy ahvoli yomonlashgan holatlarda ularning faoliyatini qonuniy asosda tartibga solish, kreditorlar va qarzdorlarning huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish, korxonalarning moliyaviy sog‘lomlashtirilishini ta’minlash va iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Qonunda to‘lovga qobiliyatsizlik alomatlarini aniqlash, sud tartib-taomillari, qarzdor korxonalarni qayta tiklash, kelishuv bitimlarini tuzish hamda kreditorlarning talablarini qondirish mexanizmlari belgilangan. Bu esa tadbirkorlik subyektlari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini saqlab qolish va iqtisodiyot rivojiga xizmat qiladi.

Huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish har birimizning muhim vazifamizdir.