Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Geografik obyektlarni nomlash masalasi bo‘yicha amaliyot o‘rganildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Vaqf chorsu” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
29-sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan qaror loyihasi muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan

Bugun Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugi deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich boshchiligida “Dug‘oba” mahallasida mahallalarni “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish va aholi turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Unda mahalla yettiligi rahbarlari, ko‘chaboshilar hamda faol oqsoqollar ishtirok etdi.

Jumladan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, xonadonlarning daromad manbalarini ko‘paytirish, shuningdek, tadbirkorlik va aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, hududlarni tartibga keltirish, ko‘cha va yo‘laklarning tozaligi, sanitariya holatini yaxshilash, chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish hamda atrof-muhitni ozoda saqlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla hududida mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Asosiy maqsad — mahallalarda obodlik va farovonlikni ta’minlash, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish hamda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi”ni har bir mahallada amalda namoyon etishdir.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 4