Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Ta’lim muassasasida asfaltlash ishlari olib borildi

Ta’lim muassasasida asfaltlash ishlari olib borildi


Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdurahimov tashabbusi bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-637, 23.09.2020-yil) hamda “Uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining 466-sonli qarori ijrosi yuzasidan amaliy ishlar olib borildi.

Jumladan, deputat Istiqlol mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, o‘quvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, maktab hovlisini homiylik mablag‘lari hisobidan asfaltlash jarayonida ishtirok etib, bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligiga e’tibor qaratdi.

Slide 1 of 4