Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Mamajonov tomonidan “Aziztepa” MFY, Aziz tepa ko‘chasi, 107-uyda yashovchi fuqaro I.Raximovning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Fuqaro I.Raximov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi..

O‘rganish davomida murojaat muallifining bugungi kundagi ijtimoiy holati bilan yaqindan tanishilib, murojaatda ko‘tarilgan masalalar mazmuni batafsil o‘rganildi.

Fuqaro I.Raximov murojaatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayevaning qabulida bo‘lish istagini bildirgan. Unga Senat Raisining fuqarolarni qabul qilish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ish tartibi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, fuqaro o‘z murojaatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Yevropa davlatlarida mehnat faoliyatini amalga oshirishi va ish bilan ta’minlanishi jarayonida ayrim qonunbuzilish holatlariga duch kelayotgani yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirganini ma’lum qildi.

Mazkur masala yuzasidan fuqaro I.Raximovga murojaatida ko‘tarilgan masalalarni vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha vakolatli tashkilotga murojaat qilish maqsadga muvofiqligi yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

O‘tkazilgan uchrashuv va o‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamovlar ham ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 9