Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan tanishildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanda ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida kompaniya tomonidan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, uylarning umumiy foydalanishdagi qismlarini saqlash, hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, ko‘p qavatli uylarning atrofi va umumiy foydalanishdagi hududlarni saqlash holati ko‘zdan kechirildi. Kompaniya xodimlarining o‘z vazifalarini bajarishi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga yondashuvi yuzasidan fikrlar o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida deputat tomonidan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati va ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan fikrlari tinglandi. Suhbatlar davomida aholi vakillari tomonidan kompaniya faoliyatiga ijobiy baho berildi. Fuqarolar ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqishini bildirib, mavjud masalalar bo‘yicha kompaniya xodimlari bilan hamkorlikda ish olib borilayotganini ta’kidladilar.

🔺Deputat tomonidan aholi bilan muloqotda bildirilgan fikr va takliflar kompaniya faoliyatini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etib, kompaniya mas’ullariga aholi bilan ochiq va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning taklif va murojaatlarini inobatga olish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda aholi roziligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4