Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Bugun Sariosiyo tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Jumladan, tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, soha mas’ullari, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabriklab, yurtimiz taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning o‘rni, mustaqillikning bebaho ne’mati hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga muvofiq “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Shundan so‘ng barcha sinflarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazilib, unda Vatan ravnaqi, mustaqillikning qadr-qimmati, tinchlik, bilim va ma’rifatning hayotimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z bordi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilarni yangi marralar sari ilhomlantirsa, ustozlar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bugun tumanimizning barcha maktablarida jaranglagan birinchi qo‘ng‘iroq ezgu maqsadlar va ulkan orzular sari dadil qadamlarning ramziga aylandi.

Slide 1 of 4