Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Uy-joy ta’miri bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Qo‘qonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada yangi xizmat ko‘rsatish shoxobchasi ishga tushirildi
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Said-ota” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash,ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Suhbat davomida mahalla xotin-qizlar faoli Shaxnoza Nurova tomonidan 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Jumladan, “Ayollar daftari”ga 70 nafar xotin-qiz kiritilgani, ularning bandligini ta’minlash maqsadida 15 nafar ayol doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgani ma’lum qilindi.Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 3 nafar xotin-qizga jami 70 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgani qayd etildi.Kasb-hunarga qiziqish bildirgan 6 nafar xotin-qiz turli o‘quv kurslariga jalb etilib, ularga sertifikatlar topshirilgani hamda o‘zini o‘zi band qilishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.Bundan tashqari, 4 nafar xotin-qizga psixologik, 3 nafar xotin-qizga esa huquqiy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.Oilaviy muhitni barqarorlashtirish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, ajrim yoqasida turgan 11 ta oilaning muammolari o‘rganilib,mahalla yarashtiruv komissiyasi bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.Natijada mazkur oilalarning ajrashishining oldi olingan.Shuningdek, 1 nafar xotin-qizga imtiyozli kvota asosida oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirishiga ko‘maklashilgani ma’lum qilindi.O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish,aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni bandlik va daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.  

Slide 1 of 5