Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova tomonidan Farhod mahallasida aholi muammolari o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududidagi ayrim ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, ichki yo‘llarning ayrim qismlarini ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha muammolar ko‘tarildi. Mazkur masalalarni tegishli mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.