Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati R.Yigitaliyev tomonidan 2026-yil 12-avgust kuni Muqimiy mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqarolarni suyultirilgan maishiy gaz bilan ta’minlash masalasida deputat so‘rovi yuborilgan edi.
✔️Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan tuman hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rildi.
✔️Natijada, 2026-yil 21-avgust kuni Muqimiy mahalla hududiga suyultirilgan gaz yetkazib berilib, xonadonlar suyultirilgan maishiy gaz bilan ta’minlandi.