Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi tomonidan Qo‘qon shahar bolalar stomatologiya poliklinikasida tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish va zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muassasada bemorlarni elektron navbatga qo‘yish, ularni qabul qilish jarayonini raqamli shaklda tashkil etish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot muassasasida D.Med axborot tizimidan foydalanish, bemorlarning elektron tibbiy kartalarini yuritish holati hamda ushbu tizimdan amaliyotda samarali foydalanilayotganligi o‘rganildi.
Alohida e’tibor bolalar stomatologiya poliklinikasining oilaviy poliklinikalar bilan integratsiya qilinganligi va bemorlar to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotlarning elektron tizim orqali almashinuvi holatiga qaratildi.
O‘rganish davomida raqamli tizimlardan foydalanish samaradorligini oshirish, bemorlar haqidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada qulay va shaffof tashkil etish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi