Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
Investitsiya loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

Investitsiya loyihasi ijrosi joyida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4–Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova hududidagi “Yangihayot” mahallasida amalga oshirilayotgan “CHORIBOBO MARKET” MChJ tomonidan to‘yxona va restoran tashkil etish investitsiya loyihasining bajarilish holati tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutaxassisi K. Sag‘izov ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida loyiha ijrosining borishi, qurilish ishlari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda loyihaning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berilib, loyiha ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3