Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning yashash sharoiti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
янв.21
Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida 50 tup pavloniya daraxti ekildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning yashash sharoiti o‘rganildi
янв.21
“Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaroga uy-joyini ta’mirlashda ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
Fuqaroning uy-joy sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tinchlik ko‘chasini turizm maskaniga aylantirish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam masalasi ko‘rib chiqildi
Chiqindilarni olib chiqish va ekologik madaniyatni yuksaltirish masalasi muhokama qilindi

Chiqindilarni olib chiqish va ekologik madaniyatni yuksaltirish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi yig‘ilishida hududda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda atrof-muhit tozaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi.

Yig‘ilish davomida maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish tizimini takomillashtirish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, noqonuniy chiqindi to‘planishining oldini olish, chiqindilarni belgilangan joylarga chiqarish tartibiga rioya etilishini ta’minlash hamda aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish masalalari keng muhokama qilindi.

Shuningdek, hududlarda tozalikni saqlash, ekologik muammolarning oldini olish, fuqarolar, mahallalar va mas’ul tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, chiqindilarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🌱 Toza hudud – sog‘lom hayot garovi. Atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish barchamizning umumiy mas’uliyatimizdir!

Slide 1 of 6