Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqaroga nonvoychilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatilgan ko‘mak o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy himoya ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
Mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holidan xabar olindi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish olib borildi
“Yangikent” mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi

#Kunlik_ish_reja #kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #deputat_okrugida #deputat_faoliyati

“Yangikent” mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev tomonidan “Yangikent” mahallasida infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida “Yangikent” mahallasidagi baliqchilik ko‘li atrofida ichki turizm va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi doirasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, 1 km masofada yer tekislash ishlari amalga oshirilgani hamda trotuar qurish ishlari boshlanganligi aniqlandi.

Shuningdek, mahalla hududidan o‘tgan R-100 avtomobil yo‘li bo‘yidagi kollektorni yopiqqa aylantirish orqali hosil bo‘lgan yer maydonida savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Mazkur loyiha bo‘yicha pudratchi “FAXRIDDIN” MCHJ tomonidan 250 dona beton galereya olib kelingani, shundan 200 donasi joyiga o‘rnatilgani ko‘rib chiqildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5