Oʻrganish davomida Boʻston koʻchasidagi ichimlik suvi quvurida nosozliklar mavjudligi aniqlandi.
Aholini uzluksiz va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida aniqlangan muammoni bartaraf etish yuzasidan “Xorazm suv taʼminoti” AJ Bogʻot tuman boʻlimiga deputat soʻrovi yuborildi.
Aholi murojaatlarini joyida oʻrganish va ularni ijobiy hal etish deputat nazoratida.