35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘rmonbog‘” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasidagi chinor daraxtlari xatlovdan o‘tkaziladi
янв.21
“Davronbek” mahallasida tashlandiq bino holati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida yo‘l holati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida xonadon holati o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
“Davronbek” mahallasidagi chinor daraxtlari xatlovdan o‘tkaziladi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganishlar davomida hududdagi yashil maydonlar va daraxtlarning holati ham ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida ko‘plab chinor daraxtlari mavjudligi aniqlandi. Mazkur daraxtlarni asrab-avaylash, ularning noqonuniy olib tashlanishining oldini olish hamda hududdagi ekologik muvozanatni saqlash muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan chinor daraxtlarining holatini tizimli nazoratga olish, ularni xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirish, shuningdek, hududda ekologik monitoring ishlarini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishda Qo‘qon shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i S.Sultonov bilan hamkorlikda mahalla hududida xatlov va monitoring kuzatuvlarini o‘tkazish yuzasidan kelishib olindi.

Daraxtlarni muhofaza qilish, ularning saqlanishini ta’minlash hamda hududning ekologik holatini barqaror ushlab turish masalasi deputat N.Shomatov nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5