Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bo‘lim ish faoliyatining tashkil etilishi, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zaruriy anjom va jihozlar bilan ta’minlanganlik holati hamda o‘quv xonalari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bo‘limning isitish tizimida mavjud muammolar ham aniqlanib, ushbu masalani ijobiy hal etish, xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashildi.
Aniqlangan muammoni bartaraf etish va tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullar bilan kelishib olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi