❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida “Vatandosh” mahallasi hududidagi avariyaviy holatdagi daraxtlar holati o‘rganildi.
✅Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tuman hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan mahalla hududi to‘liq ko‘zdan kechirilib, xavf tug‘dirayotgan daraxtlar va shox-shabbalar xatlovdan o‘tkazildi.
✅O‘rganish natijalariga ko‘ra, aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida avariyaviy holatdagi daraxtlarning xavfli shoxlari sanitar kesildi, hudud chiqindilardan tozalandi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
✅Bugungi kunda mahallada fuqarolar hamda avtotransport vositalari xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar bartaraf etilgan bo‘lib, mazkur masala mutasaddi tashkilotlar nazoratiga olingan.
🔰Deputatlik so‘rovi asosida aholi murojaatlarini hal etish va hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.