Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Adliya vazirligi, Toshkent shahar va tuman Kengashi deputatlari, Yashnobod tumani hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada Prezident qarorlari ijrosi, tumandagi kriminogen vaziyat, mahalliy budjet va jamg‘armalar mablag‘laridan foydalanish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.