35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
"Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati Musurmonqulov Farxodjon Yulchiyevich tomonidan Bag‘dod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida Bag‘dod tumani "Bekobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan sobiq tuman Mudofaa bo‘limi binosini Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi balansiga o‘tkazish masalasi ko‘tarildi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati Mudofaa boshqarmasi tomonidan mazkur bino bo‘yicha rozilik xati berilganligi inobatga olinib, ushbu rozilik xati ijrosi yuzasidan bino belgilangan tartibda balansga o‘tkazilgan yoki o‘tkazilmaganligi, bu borada amalga oshirilgan ishlar hamda qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur deputat so‘rovi O‘zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunining 5- va 8-moddalariga muvofiq yuborilgan bo‘lib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi nazoratga olingan.

Slide 1 of 1