35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ekologiya masalalari yuzasidan mahallada uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Mo‘yimuborak" mahallasida yangi maktab qurilishi masalasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi
янв.21
"Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli byudjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Maktabgacha ta’lim muassasasi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligi masalalari o‘rganildi
янв.21
"Xavfsiz hudud" konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Qorako‘l mahallasida qishloq vrachlik punktini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 23-"Qorako‘l" saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda tuman hokimi X.Isaqov ishtirokida Qorako‘l mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qishloq vrachlik punktini tashkil etish masalasi joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 5 172 nafar aholi istiqomat qilishi hamda uzoq ko‘chalarda yashovchi fuqarolar, ayniqsa keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va yosh bolali oilalar uchun birlamchi tibbiy xizmatlardan foydalanishda qator qiyinchiliklar mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, "Adiblar" ko‘chasida joylashgan, mahalla balansidagi qurilishi tugallanmagan bino negizida homiylik mablag‘lari hisobidan qishloq vrachlik punktini tashkil etish ishlari boshlangan bo‘lsada, mazkur obyektni tibbiyot muassasasi sifatida ishga tushirish bilan bog‘liq ayrim tashkiliy va huquqiy masalalar hal etilmagani sababli qurilish ishlari to‘xtab qolgani aniqlandi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish daftari"ga qayd etildi hamda qishloq vrachlik punktini tashkil etish bilan bog‘liq mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasiga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 7