35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“O‘rmonbog‘” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasidagi chinor daraxtlari xatlovdan o‘tkaziladi
янв.21
“Davronbek” mahallasida tashlandiq bino holati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida yo‘l holati o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida yo‘l infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida oilaviy tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida xonadon holati o‘rganildi
янв.21
“Parpashabof” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada Ko'chama-ko'cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 12-"Obod yurt" saylov okrugi deputati N.Allamuratovaga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tomonidan "Obod yurt" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi Ko'chama-ko'cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko'chama-ko'cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar va har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Slide 1 of 4