Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, "Mahalliy byudjet va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash" doimiy komissiyasi a’zosi M.Yunusov tomonidan Qo‘qon shahar Kadastr bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi O‘RQ-937-sonli "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur Qonun asosida fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etish jarayonlari, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyoti, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, fuqarolarga mazkur Qonun asosida yaratilgan imkoniyatlar, yer uchastkalari va ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni qonuniy rasmiylashtirish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish davomida Kadastr bo‘limi mutaxassislari bilan Qonun ijrosining amaliy natijalari, murojaatlar bilan ishlash samaradorligi, fuqarolarni huquqiy jihatdan xabardor qilish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi