Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Yunusov tomonidan "Noib ko‘prigi" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi B.Tursunov faoliyati, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan o‘zini o‘zi band qilgan fuqaro G.Abduvohidovaning tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Fuqaro tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit ajratish masalasi ko‘tarildi.
Deputat tomonidan tadbirkorga amaldagi qonunchilik asosida imtiyozli kredit olish tartibi, zarur hujjatlar hamda davlat tomonidan yaratilgan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Mazkur murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi uchun deputat nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi